Biz haqimizda

Biz haqimizda

«DIAMANTE GROUP» kompaniyasi O'zbekiston bozorida 2015-yildan beri o'z faoliyatini yuritib kelayotgan eng yirik un ishlab chiqaruvchilardan biri xisoblanadi. Ish faoliyatimiz davomida biz don maxsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash bo'yicha katta tajribaga ega bo'ldik. Ishlab chiqarish texnologiyamiz bizga tayyor maxsulotni tan narxini pasaytirish, hamda raqobatbardosh narxlarni taklif qilishga imkoniyat yaratadi.

Ishlab chiqarish tartiblariga qat'iy rioya qilgan xolda, kimyoviy qo'shimchalarsiz, zamonaviy «GENC DEGIRMEN» uskunasida saralangan Qozogiston bug'doyidan tayyorlanadigan oliy navli un maxsulotlarimiz barcha davlat standartlariga javob beradi.

Bizning maxsulotlarimiz bir necha savdo belgilari orqali taqdim etilgan: Turon, Oltin dala, Etti qal'a Korolevskaya melьnitsa.

Bizning tassarufimizda sutkasiga 600 tonna un maxsulotlarini ishlab chiqara oladigan tegirmonlar mavjud. Bundan tashkari iste'molchilarga tayyor un maxsulotlarini etkazib berish uchun maxsus avtoxo'jalik xizmat ko'rsatadi.

Bizning maqsadimiz, iste'molchilarga xamyonbop narxlarda sifatli maxsulot taqdim etish.

Biz haqimizda
Eksport

Bizning mahsulotlarimiz 15+ mamlakatga eksport qilinadi

Biz bilan xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini bilib oling

Qirg'iziston va Afg'oniston kabi mamlakatlarga eksport qilinadi

12 000+Yillik eksport qilish hajmi(tonna)
2015-yildanExport bozorida mavjud
Eksport hamkorlari
50+Ishonchli xalqaro hamkorlar
Savollar

Barcha savollarga tez va oson javob topishingiz mumkin

Mahsulot sifati qanday kafolatlanadi?

Biz har bir ishlab chiqarish bosqichida qat'iy sifat nazoratini amalga oshiramiz.

Turon Un mahsulotlari qanday sertifikatlarga ega?

Turon Un mahsulotlari ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi tizimi sertifikatiga, HACCP oziq-ovqat xavfsizligi tizimi sertifikatiga va Halal sertifikatiga ega. Bu sertifikatlar mahsulotlarimizning xalqaro standartlarga mos kelishini kafolatlaydi.

Un mahsulotlarining qaysi turlari mavjud?

Bizda turli xil un mahsulotlari mavjud: oliy navli un, 1-nav un, 2-nav un, tozalangan un va maxsus maqsadlar uchun un turlari. Har bir tur o'ziga xos xususiyatlarga ega va turli xil pishiriq mahsulotlari uchun mo'ljallangan.

Un mahsulotlarini qayerdan sotib olish mumkin?

Turon Un mahsulotlarini O'zbekiston bo'ylab ko'plab savdo nuqtalaridan, yirik supermarketlardan va bizning rasmiy distribyutorlarimizdan sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri bizning zavodimizdan ham xarid qilish imkoniyati mavjud.

Mahsulotlarni ulgurji narxlarda olish mumkinmi?

Ha, albatta! Katta hajmda buyurtma berganlar uchun maxsus ulgurji narxlar mavjud. Ulgurji savdo bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun bizning savdo bo'limi bilan bog'laning: +998 95 169-85-55.

Mahsulotlar qaysi davlatlarga eksport qilinadi?

Turon Un mahsulotlari Qirg'iziston va Afg'onistan mamlakatlariga eksport qilinadi. Biz xalqaro bozorda ishonchli hamkor sifatida tanilganmiz va eksport hajmimizni doimiy ravishda oshirib bormoqdamiz.

Qaysi mahsulotlarga talab oliy?

Eng oliy talabga ega mahsulotlarimiz - oliy navli un va 1-nav un hisoblanadi. Bu un turlari non, tortlar va boshqa pishiriq mahsulotlari uchun juda mos keladi. Shuningdek, maxsus pasta va makarona uchun mo'ljallangan un turlari ham katta talabga ega.

Kontaktlar

Biz bilan bog'laning va sifatli mahsulotlarimizdan bahramand bo'ling

Manzil

O'zbekiston, Toshkent, Olmazor tumani, ko'chasi QORASAROY, 35 A

Kontakt

+998 78 777 57 57

info@turon.uz

Ijtimoiy tarmoqlar

Savollaringizni yozib qoldiring

Savolingizni yozib qoldiring va biz qisqa vaqt ichida aloqaga chiqamiz!